Sanepidqoʼmita Chilonzor tumani bo‘limi
Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Sanepidqoʼmita Chilonzor tumani bo‘limi, Health/Beauty, Tashkent.
08/09/2026
Parranda go‘shtining foydali xususiyatlari
📌Parranda go‘shti organizm uchun zarur bo‘lgan yuqori sifatli oqsil manbalaridan biridir.
U tarkibidagi oqsil mushaklar, to‘qimalar va hujayralarning rivojlanishi hamda tiklanishiga yordam beradi.
📝Parranda go‘shtida B guruhi vitaminlari, temir, rux va boshqa foydali minerallar mavjud.
Tovuq va kurka go‘shti to‘g‘ri tayyorlanganda sog‘lom va muvozanatli ovqatlanishning bir qismi bo‘lishi mumkin.
📣 Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani bo‘limi Jamoatchilik bilan ishlash bo‘linmasi
Telegram| Instagram| Facebook
04/09/2026
Sifatsiz ayron salomatlik uchun xavf tug‘dirishi mumkin
🥛 Sifatsiz yoki saqlash muddati o‘tgan ayron mahsulotlarini iste’mol qilish salomatlik uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Bunday mahsulotlar ovqatdan zaharlanish, ich ketishi va ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘ladi. Ayron xarid qilayotganda mahsulotning yaroqlilik muddati, saqlash sharoiti va qadoq holatiga albatta e’tibor bering. Ayniqsa sut mahsulotlarini quyosh tig‘i ostida saqlash tavsiya etilmaydi.
🧊 Ochilgan ayronni uzoq vaqt saqlamaslik va sovuq joyda saqlash muhim hisoblanadi. Salomatligingiz uchun faqat sifatli va ishonchli mahsulotlarni tanlang!
📣Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani bo‘limi Jamoatchilik bilan ishlash bo‘linmasi
Telegram| Instagram| Facebook
03/09/2026
Maktab o‘quvchilarining sumka vazni standartlari qanday bo‘lishi lozim?
❌ Og‘ir sumkalar maktab o‘quvchilarining o‘sishi va rivojlanishiga jiddiy ta’sir qiladi.
✅Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani bo‘limi tomonidan tayyorlangan infografikada bu haqidagi tavsiyalar o‘rin oldi.
‼️Unutmang! Yoshlikda uzoq vaqt og‘ir sumka ko‘tarib yurish skoliozga, umurtqa pog‘onasining egriligiga va oyoqlarning qiyshayib rivojlanishiga olib keladi.
📣Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani bo’limi Jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi
Telegram| Instagram| Facebook
Qoqsholga qarshi vaksina nima uchun muhim?
💉 Qoqshol — asab tizimiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xavfli yuqumli kasallik. U ko‘pincha teridagi jarohatlar orqali organizmga tushadigan bakteriyalar sababli yuzaga keladi.
📝Qoqsholga qarshi emlash kasallikdan himoyalanishning eng samarali usullaridan biridir. Vaksinatsiya taqvimiga rioya qilish va emlashlarni o‘z vaqtida olish sog‘liqni asrashda muhim ahamiyatga ega.
📣Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani bo‘limi Jamoatchilik bilan ishlash bo‘linmasi
Telegram| Instagram| Facebook
🚫 Korrupsiyani yashirma — xabar ber!
Adolatli jamiyat uchun har birimiz mas’ulmiz!
🔰 Sizning xabaringiz — katta o‘zgarishlarga yo‘l ochadi!
📣Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani bo‘limi Jamoatchilik bilan ishlash bo‘linmasi
Telegram| Instagram| Facebook
25/08/2026
Bolangizni gelmintlardan himoyalang!
🪱Gelmintlar, ya’ni ichak qurtlari, bolalar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ularning oldini olish uchun bolalarga qo‘llarini sovun bilan muntazam yuvishni va tirnoqlarini toza saqlashni o‘rgating.
Meva va sabzavotlarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish, faqat toza ichimlik suvidan foydalanish muhim. Bolalarning ochiq tuproqda o‘ynaganidan so‘ng qo‘llarini yuvishiga alohida e’tibor bering.
📌Gigiyena qoidalariga rioya qilish gelmintozlarning oldini olishda muhim choradir.
📣Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani bo‘limi Jamoatchilik bilan ishlash bo‘linmasi
Telegram| Instagram| Facebook
🦠 EPIDEMIOLOGIK XAVFLARGA TAYYORGARLIK: SIMEX MILLIY O’QUV KURSI BOSHLANDI
📍 Bugun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida “JSST ko‘magida simulatsion mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha milliy o‘quv kursi — SimEx” mavzusida ikki kunlik seminar-trening o‘z ishini boshladi.
👥 Unda Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari epidemiologlari ishtirok etmoqda.
🎯 Seminar-treningning asosiy maqsadlari:
🔹 yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish;
🔹 favqulodda vaziyatlarga mutaxassislarning tayyorgarligini mustahkamlash;
🔹 epidemiologik xavflarni tezkor aniqlash va ularga samarali javob qaytarish ko‘nikmalarini oshirish;
🔹 jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha milliy harakatlar rejasini ishlab chiqishga ko‘maklashish.
📚 Trening jarayonida ishtirokchilarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalar ham berilmoqda.
✅Xususan, Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassislari tomonidan taqdimotlar o‘tkazilib, ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda turli favqulodda epidemiologik vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish, xavflarni baholash va ularning oldini olish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.
🤝 Hamkorlikdagi bunday o‘quv mashg‘ulotlari epidemiologik xavflarga qarshi kurashish, mutaxassislarning salohiyatini oshirish hamda aholi salomatligini ishonchli himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram | Instagram |Web sayt
🧠🏆 BILIM, ZUKKOLIK VA JAMOAVIY RUH — “ZAKOVAT”DA BIRLASHDI!
🎯Bugun Toshkent
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida "Yoshlar uchrashuvi" hamda “Toshkent shahar Bosh davlat sanitariya vrachi kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
🔥 12 ta jamoa o‘rtasida kechgan qizg‘in va murosasiz bahslarda bilim, tezkor fikrlash va mantiqiy tafakkur sinovdan o‘tkazildi.
🥉 3-o‘rin — Sergeli
🥈 2-o‘rin — Bektemir
🥇 1-o‘rin — Chilonzor tuman bo‘limining “Immunitet” jamoasi!
👏 “Immunitet” jamoasini munosib g‘alaba bilan, barcha ishtirokchilarni esa faol ishtiroki va ko‘tarinki kayfiyati bilan tabriklaymiz!
✨ Zakovat — bu nafaqat bilim, balki jamoaviy ruh, tezkor fikrlash va g‘alabaga intilishdir!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
Telegram | Instagram |Web sayt
19/08/2026
Jamoat hojatxonalariga qo‘yilgan talablar
🚻Jamoat hojatxonalari doimo toza, ozoda va sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan holatda saqlanishi kerak. Ularda qo‘l yuvish uchun toza suv, sovun va qo‘l quritish vositalari bo‘lishi lozim.
🔖Hojatxonalar muntazam tozalanib, zarur hollarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilishi kerak. Chiqindilar maxsus idishlarga yig‘ilib, o‘z vaqtida olib chiqilishi, yoqimsiz hid va hasharotlar paydo bo‘lishining oldi olinishi zarur.
Ushbu talablar jamoat joylarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
📣 Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani bo‘limi Jamoatchilik bilan ishlash bo‘linmasi
Telegram| Instagram| Facebook
18/08/2026
Poliz mahsulotlarini iste’mol qilishda nimalarga e’tibor berish kerak?
🍉Tarvuz, qovun kabi poliz mahsulotlarini iste’mol qilishdan oldin ularni oqar suvda yaxshilab yuvish zarur. Meva va poliz mahsulotlarini xarid qilishda ularning tashqi ko‘rinishi, sifati va yangiligiga e’tibor bering. Yorilgan, ezilgan yoki sifati shubhali mahsulotlarni iste’mol qilishdan saqlaning.
📌Kesilgan poliz mahsulotlarini xona haroratida uzoq vaqt qoldirmasdan, muzlatkichda saqlash tavsiya etiladi. Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish oziq-ovqat orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.
📣 Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani bo‘limi Jamoatchilik bilan ishlash bo‘linmasi
Telegram| Instagram| Facebook
Click here to claim your Sponsored Listing.